Nagelsmann La Ligaga yo‘l olishi mumkin

  • 24 mart, 2023, 19:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya"ni tark etgan Yulian Nagelsmanning keyingi manzili hali aniq emas.  U "Real"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi. Madridliklar ustozi Anchelotti mavsum so‘nggida klubni tark etish arafasida. 

Tecno

"Real" Nagelsmanni uzoq muddatdan beri kuzatib keladi. Bu haqda murabbiynning o‘zi ham ma’lum qilgandi. 

"Menga 2 yil oldin Madriddan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va meni falsafamni bilishmoqchi bo‘lishdi. Agar kelajakda yana aloqaga chiqishsa, qarorim boshqacharoq bo‘lishi mumkin. O‘shanda men tayyorgarlik ko‘rishga va ispan tilini o‘rganishimga vaqt yo‘q edi", - degan Yulian 2021 yilda. 

Germaniyalik mutaxassisni "Tottenxem" ham kuzatib bormoqda. Londonliklar Konteni ist’efoga chiqarishga yaqin turibdi. Uning o‘rnini egalashi mumkin bo‘lgan murabbiylar orasida Tuxel bor edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!