Nagelsmann: "G‘alaba chiroyli bo‘lmadi, lekin eng muhimi — 3 ochko"

  • 14 oktabr, 12:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCh–2026 saralash bosqichidagi Shimoliy Irlandiya ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabani izohladi.

Tecno

"Bu biz uchun eng yaxshi o‘yin bo‘lmadi. Stadion muhiti juda ehtirosli edi, har bir to‘p uchun oxirigacha kurashishga to‘g‘ri keldi. Hatto hakamga ham bo‘layotgan voqealarni nazorat qilish qiyin bo‘ldi. Oxir-oqibat hal qiluvchi epizod standart vaziyatdan keyin yuz berdi — biz ularni ko‘p mashq qilamiz, chunki bu muhim. G‘alaba "chiroyli" bo‘lmadi, ammo asosiysi — 3 ochko", — dedi Nagelsmann.

Germany head coach Julian Nagelsmann and player Leon Goretzka celebrate following victory in the FIFA World Cup European Qualifying match at the...

Darvozabonlar mavzusidagi savolga javob berar ekan, murabbiy Oliver Baumann va Manuel Noyer haqida ham fikr bildirdi:

"Manuel terma jamoa faoliyatini yakunlaganidan beri biz darvozabon xatosi sababli biror marta mag‘lub bo‘lmadik. Noyer a’lo mavsum o‘tkazmoqda, ammo bizda darvozabonlar bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. U haqdagi gap-so‘zlar hech kimga foyda bermaydi — na Baumannga, na boshqa darvozabonlarimizga, na o‘zining "Bavariya"dagi ishiga e’tibor qaratgan Noyerga", — deya ta’rif berib o‘tdi Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Ma’lumot o‘rnida, 35 yoshli Oliver Baumann hozirgi kunda "Xoffenxaym" darvozasini qo‘riqlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!