
Nagelsmann "Bavariya"da ish boshladi
"Bavariya"ning yangi ustozi Yulian Nagelsmann o‘z ishini boshladi.
33 yoshli nemis mutaxassisi 1 iyul kuni “Bavariya”ning Zebenershtrassdagi qarorgohiga kelgan. Nagelsmann boshqaruvidagi jamoa kelasi haftadan mashg‘ulotlarga kirishadi.
Bundesliganing yangi mavsumi 13 avgust kuni start oladi. "Bavariya" 1-turda Myunxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Nagelsmann "RB Leyptsig"dan aprel oyida "Bavariya"ga ko‘chib o‘tgan va 5 yillik shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar