Nadal yana 1-raqamliga aylanadimi?

  • 23 fevral, 2022, 22:11
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Taniqli tennischi Rafael Nadal ATP reytingida yana birinchi pog‘onaga ko‘tarilish borasidagi savolga javob berdi. 

"So‘nggi yillarda kamroq musobaqalarda ishtirok etyapman. Hozirda, asosan yoqimli hislarni uyg‘ota oladigan turnirlardagina ishtirok etishni istayapman. 

Birinchi raqamli bo‘lish istagi o‘tmishda qoldi. Jismoniy tayyorgarlik borasidagi muammolar sababli bu haqida o‘ylamay qo‘ygan edim. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman va ATP reytingidagi birinchi o‘rin haqida o‘ylamaslik xato bo‘ladi. Agar musobaqalarni tanlab ishtirok etib, ro‘yxatda birinchi o‘ringa ko‘tarilsam, chinakam baxtli insonga aylanaman."

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor ispaniyalik sportchi 2020 yilning yanvar oyida ATP reytingida birinchi o‘rinni egallagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!