MYuning sobiq yulduzi jamoasiz qoldi
"Manchester Yunayted" safida harakat qilgan sobiq futbolchi Jessi Lingard yangi klub izlamoqda. Bu haqdan insayder Fabtitsio Romano xabar berdi.
Jurnalisting bergan xabarga ko‘ra, Lingard Koreyaning "Seul" klubi bilan amaldagi shartnomasini bekor qilgan va endilikda istalgan boshqa klub safiga erkin agent sifatida borib qo‘shilishi mumkin. Jessi "Seul" safida 2024 yildan beri o‘ynab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi APLda "Manchester Yunayted", "Brayton", "Vest Xem" va "Lester" jamoalari sharafini ham himoya qilgan.



Fikrlar