
MYuning pozitsiyasi aniq: APL grandiga Rimdan yangi taklif hozirlanmoqda
"Manchester Yunayted" Kris Smollingning "Roma"dagi ijara muddatini uzaytirmoqchi emas, deya xabar bermoqda Goal.com nashri.
Italiyaliklar "qizil iblislar"dan angliyalik futbolchining yana bir mavsumlik ijara taklifiga rad javobini olganidan so‘ng, endi uni sotib olish bo‘yicha kelishuv hozirlamoqda.
Joriy mavsumda rimliklar safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushgan himoyachi 37 ta o‘yinda 3 ta gol kiritib, 2 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt.com portali futbolchining transfer summasini 16 million evroga baholamoqda.
Fikrlar