MYuni tark etishni xohlamagandim

CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Ander Errera "Manchester Yunayted"dagi so‘nggi mavsumi va nima sababdan klubni tark etgani haqida so‘zlab berdi. Ispaniyalik futbolchi 2014/2019 yillarda "qizil iblislar" sharafini himoya qilgan edi.

Tecno

"O‘tgan yilga nazar tashlaydigan bo‘lsam, men "Manchester Yunayted"ni tark etish haqida o‘ylamagan edim. Biroq klub rahbariyati bilan bir qancha masalalarda kelishmovchiliklar yuz berdi, ammo hamon ularga bo‘lgan hurmatim saqlanib qolgan.

MYu mutasaddilari bilan gaplarimiz bir joydan chiqmadi, lekin bu futbol va har bir futbolchi shunday vaziyatga tushishi mumkin, shuning uchun bo‘lib o‘tgan ishlardan afsusda emasman. Ed Vudvord va klub egalari bilan munosabatlarimiz doimo yaxshi bo‘lgan, ular klub uchun katta ishlarni amalga oshirishmoqda", - deydi Errera.

Goal nashri manbasiga ko‘ra, Errera MYudan haftasiga 350 ming evro talab qilgan, biroq yakunda tomonlar o‘rtasidagi kelishuv amalga oshmay qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!