Myuller: "Men Messidan oldindaman"

  • 3 fevral, 2022, 15:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller PSJ hujumchisi Lionel Messi bilan golli uzatmalar borasida bo‘layotgan raqobat haqida gapirdi. 

- Siz va Messi o‘rtasida bu borada raqobat bo‘lmoqda, deb ayta olasizmi?

Assistlarni inobatga olsak, ehtimol, hozir shunday. Oxirgi uch yildagi statistikaga qarasangiz, men hatto Messidan ham oldindaman. 

Dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan bellashish meni juda ruhlantiradi. Shunday bo‘lsa-da, meni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Leo bilan solishtirish mantiqqa zid", - dedi Myuller. 

Eslatib o‘tamiz, Tomas joriy mavsum Bundesliganing 20 ta o‘yinida 6 ta gol va 18 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!