
Myuller eng ko‘p sovrin yutgan germaniyalik futbolchiga aylandi
"Bavariya" kecha Budapeshtda "Sevilya"ni (2:1) mag‘lubiyatga uchratdi va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, myunxenliklar a’zosi Tomas Myuller faoliyatidagi 26-sovrinini qo‘lga kiritdi va bu borada rekordchi hisoblangan Bastian Shvaynshtaygerga tenglashib oldi. Ayni damda ushbu ikki futbolchi eng ko‘p sovrin yutgan germaniyalik futbolchilar hisoblanadi.
31 yoshli Myuller “Bavariya” safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar