
MYuga Sancho olishda kim xalaqit qilayotgani oshkor bo‘ldi
“Manchester Yunayted” rahbariyati Jeydon Sancho transferi bo‘yicha “Borussiya” tutayotgan siyosatni keskin tanqid qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, manchesterliklar qattiq harakat qilayotgani va futbolchining o‘zi Angliyaga ko‘chib o‘tishni istayotganiga qaramay, kelishuv masalasida siljish bo‘lmayapti. Bunga esa transfer muzokaralarini “Borussiya” to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki vaziyatga aloqasi bo‘lmagan chetdagi odamlar orqali o‘tkazayotgani sabab bo‘layotgani oshkor qilindi.
Shunday bo‘lsa-da, “Manchester Yunayted” bu futbolchini transferidan voz kechgani yo‘q. Garchi Dortmund vakillari Sancho klubda qolishini ta’kidlayotgan bo‘lsa-da, manchesterliklar oxirigacha kurashmoqchi.
Fikrlar
Esimni tanibmanki, futbolni tanibmanki MYUni muxlisiman! Ser Alex davrida MYU bu mutloq boshqacha olam edi!
U ketgach Moys keldi va u MYUni inqiroz tomirlariga asta-asta suv suv quya boshladi! Hattoki Mouriniyodek mutaxassis ham jamoani qo'pol qilib aytganda ko't va boshini topa olmadi.
Sulsher jamoaga kelgach nimalardir paydo bo'ladiganga o'xshab ko'rindi! Ammo bu har doim ham kuzatilmayapti!
Dexeyadan ko'plab saviyasiz o'yinlar, 70-75 million $ atrofida xarid qilinga markaziy himoyachi Maguayer dan ishonchsiz harakatlar.......
Ser davrida MYUda 2 raqobatdosh tar kib bor hozir unaqa emas! Avvallari 70-90 daqilarda MYU dunyoning eng qo'rqinchli jamoasi edi!
Hozir bu daqiqalarda xoxlagan jamoa 2-3