
MYudan ketgan Pogbaning qaysi jamoaga o‘tishi deyarli aniq
"Yuventus" rahbariyati frantsiyadik yarim himoyachi Pol Pogbani yana jamoaga qaytarish ustida ishlamoqda.
Bugun "Manchester Yunayted" iyun oyi oxirida erkin agentga aylanadigan 29 yoshli futbolchining jamoadan ketishini e’lon qildi.
Tez orada Turin klubi rahbariyati futbolchining vakillari bilan yana uchrashadi. Tomonlarning bu boradagi birinchi uchrashuvi may oyida bo‘lib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Pogba uchun “Yuventus” begona emas. U 2012 yildan 2016 yilgacha aynan Turin super klubi sharafini himoya qilgan va keyinchalik “Manchester Yunayted”ga yo‘l olgan.
Fikrlar