
MYuda qolish yaxshimi yoki yomon? Ronalduning ustozi javob berdi
Portugaliyalik murabbiy Fernandu Santush Krishtianu Ronalduning MYuda qolish qarori haqida gapirdi.
"Men uni dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanligini ko‘p marta aytganman. MYuda qolish qaroriga kelsak, bu uning tanlovi. Bu yaxshi yoki yomonligini aytish men uchun emas.
Bu uning shaxsiy ishi. Shuni aytishim mumkinki, "Manchester Yunayted"da o‘ynash imkoniyati hammaga ham berilavermaydi. Krishtianu yillar davomida shu ishni qilib kelmoqda", - dedi Portugaliya termasi ustozi.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli forvard 2003-2009 yillar davomida "qizil iblislar" sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng u "Real" hamda "Yuventus" sharafini himoya qilib, 2021 yilda yana Manchester klubiga qaytdi.
Fikrlar