
MYuda katta yo‘qotish! Jamoa himoyachisi uzoq muddatga safdan chiqdi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martines uzoq muddatga safdan chiqdi.
Matbuot xizmati 27 yoshli argentinalik tizzasining xochsimon boylamlarinining jarohati haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Ayni paytda futbolchi davolanish kursi va reabilitatsiya muddatini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishda davom etayotgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Martines joriy mavsumda barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni "Manchester Yunayted" angliya Kubogi doirasida o‘z maydonida "Lester"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar