
MYu yozda 2 nafar etakchi futbolchisi bilan xayrlashadi
"Manchester Yunayted" klubi mavsumlar oralig‘ida ikki nafar futbolchisi bilan xayrlashadi.
Sky Sports News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mavsum yakunlangach shartnomasi tugaydigan Ander Errera va Xuan Mata yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Errera PSJ bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mata esa “Barselona” bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Errera joriy mavsum 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 30 yoshli Mata esa 29ta o‘yinda 5ta gol hamda 2ta assistga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar