MYu yarim himoyachisini jamoada saqlab qolmoqchi

  • 24 noyabr, 18:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Kazemironi jamoada olib qolmoqchi.

Tecno

Xabarlarga ko‘ra, "qizil iblislar" braziliyalik tayan yarim himoyachini jamoada saqlab qolish masalasida harakat qilmoqda. Ta’kidlanishicha, mankunyanliklar xavbekka shartnoma uzaytirish bo‘yicha taklif bilan chiqqan. Klub futbolchining maoshini 22 million evrodan 7-8 milliongacha kamayishiga rozi bo‘lishini istamoqda. Agar Kazemiro bu taklifga rozi bo‘lsa, yangi shartnoma 2027 yilning yozigacha uzaytiriladi. Agar bunday bo‘lmasa, futbolchi qishda jamoani tark etishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!