MYu Xitoydan kelgan futbolchini sotib olmoqchi

  • 24 mart, 2020, 13:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Shanxay Shenxua"dan ijaraga olingan hujumchi Odion Igaloning transfer huquqini sotib olmoqchi. Daily Mail tarqatgan xabarga ko‘ra, manchesterliklar 30 yoshli futbolchining transferi uchun ushbu yozda 15 mln funt sarflashga tayyorlar.

Tecno

Ma’lumot uchun, Igalo "qizil iblislar" safida jami 8 bellashuvda maydonga tushdi va 4 ta gol kiritishga erishdi. Jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher ham ayni vaqtda uning harakatlaridan qoniqish hosil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!