
MYu va "Arsenal"da porlagan futbolchi endi murabbiy!
Gollandiyalik mashhur futbolchi Robin van Persi endi o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rmoqchi.
Xabarlarga qaraganda 37 yoshli to‘purar “Feyenoord” klubi murabbiylar shtabida ish boshlagan. U endi jamoa ustozi Dik Advokatga yordam beradi.
Robin van Persi 2019 yilning mayida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. U Gollandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Uning so‘nggi jamoasi ham aynan “Feyenoord” bo‘lgan edi.
Fikrlar