
MYu uni sotib olishga yana bir harakat qilib ko‘rmoqchi
"Manchester Yunayted" hali ham "RB Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekanoni sotib olish fikridan qaytgani yo‘q. Bu haqda Manchester Evening nashri xabar bermoqda.
Aytish lozimki, “qizil iblislar” 22 yoshli futbolchini yozgi transferlar davridayoq, o‘z safiga qo‘shib olishni xohlagan edi. Ammo o‘shanda nemis klubi Dayo uchun 60 mln evro talab qilgan va bu mankuniyaliklarga ma’qul kelmagan edi. Hozir “RB Leyptsig” o‘zining bu boradagi talabini biroz yumshatgan.
Upamekano joriy mavsum Bundesligada 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar