
MYu superfutbolchidan rad javobini oldi
“Manchester Yunayted” rahbariyati anchadan buyon “Vest Xem” etakchisi Deklan Raysni transfer qilishni istayotgan edi.
Biroq, iste’dodli futbolchi Londonni tark etmasligini va Manchesterga ko‘chib o‘tish niyati yo‘qligini bildirib, Sulsher jamoasining taklifini qabul qilmadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Deklan Rays “Vest Xem”ni tark etadigan bo‘lsa, faqatgina “Chelsi” jamoasi tarkibiga qo‘shilishi mumkin ekan. Chunki futbolchi 14 yoshiga qadar aynan ushbu klub akademiyasida futbol sirlarini o‘rgangan.
Biroq, Roman Abramovich jamoasiga ham Deklanni ortga qaytarish oson bo‘lmaydi. Chunki uning bugungi kundagi transfer summasi 85 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar