
MYu sobiq futbolchisi sardorlik bog‘ichini Maguayrga qaytarish tarafdori
Patris Evra MYu Xarri Maguayrga sardorlik bog‘ichini qaytarish kerak, deb hisoblaydi.
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi ijtimoiy tarmoqlarda Ruben Amorim ingliz futbolchisining etakchilik fazilatlarini maqtagan post ostiga izoh qoldirgan.
"Unga (sardorlik) bog‘ichni qaytarib bering! U shuncha narsani boshidan o‘tkazib, chidamlilik va etakchilik namoyish etdi", - deya izoh qoldirdi Evra.
Ta’kidlash kerak, "qizil iblislar"ning ayni vaqtdagi sardori Brunu Fernandesh hisoblanadi.
Fikrlar