MYu sobiq futbolchisi Maykl Kerrik "Midlsbro" bosh murabbiyi etib tayinlandi

  • 24 oktabr, 2022, 19:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z vaqtida "Manchester Yunayted" jamoasida to‘p tepgan Maykl Kerrik bugun Chempionship vakili "Midlsbro" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Tecno

U bosh murabbiy sifatida o‘zining ilk ishini boshlamoqda. Bundan oldin sobiq futbolchi MYuda Joze Mourino va Ole-Gunnar Sulsherga yordamchi murabbiy sifatida yordam bergan. Shuningdek, "qizil iblislar"ni u 3 o‘yinda maydonga boshlab tushgan.

"Vilyarreal" va "Arsenal"ga qarshi o‘yinlarda g‘alaba, "Chelsi" bilan esa durang natija qayd etilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!