MYu Sanchoning kelajagiga deyarli oydinlik kiritdi

  • 17 iyun, 11:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Jeydon Sancho yangi mavsumda jamoa tarkibida qolish ehtimoli juda past. 

Tecno

25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni Londonning "Chelsi" klubida ijara asosida o‘tkazgan edi. Biroq, londonliklar uni butunlay sotib olishdan bosh tortdi va hatto shartnomaviy jarima to‘lab, Sanchoni MYuga qaytarishdi. Bu haqda "Sky Sports" xabar berdi.

Mankunianliklar Sanchoni yozda sotishni rejalashtirmoqda va barcha transfer takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor. Klub ham, futbolchi ham faqat doimiy ravishda ajralishni istamoqda — navbatdagi ijara varianti qaralmayapti.

Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, Jeydonning transfer bahosi 28 million evroni tashkil etadi. Angliyalik vinger o‘tgan mavsum "aristokratlar" safida 42 ta bellashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 10 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!