MYu "Real" ko‘zlagan futbolchini ilib ketdi

  • 17 iyul, 2024, 16:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lill" klubi markaziy himoyachisi Leni Yoro "Manchester Yunayted"da tibbiy ko‘rikdan o‘tishga va "qizil iblislar" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishga tayyor. U mankunianliklar safiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist va insayder Devid Ornshteyn xabar bermoqda.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Real" Yoro bilan shartnoma bo‘yicha kelishib olgani, ammo "Lill" bilan transfer summasi borasida kelisha olmagani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. “Manchester Yunayted” yosh futbolchi uchun frantsuzlarga 62 million evro taklif qilgan va bu klubni to‘liq qoniqtirgan.

O‘tgan mavsumda Yoro barcha turnirlarda 44ta o‘yinda qatnashib, uchta gol urgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!