MYu rahbariyati Baleba bu narxga arzimaydi deb hisoblamoqda

  • 28 oktabr, 14:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Flashscore" nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" rahbariyati "Brayton" yarim himoyachisi Karlos Baleba uchun qo‘yilgan transfer narxidan qoniqmagan.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Brayton" 21 yoshli kamerunlik futbolchini sotish orqali 114 million evro ishlab topmoqchi. Bu esa "qizil iblislar" rahbariyatini mutlaqo qoniqtirmayapti.

Agar "Brayton" futbolchining narxini pasaytirmasa, "Manchester Yunayted" 2026 yilda Balebani sotib olishni rejalashtirmayapti.

Joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida Baleba 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi va hali birorta gol yoki assist qayd etmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!