MYu Raboga katta maosh taklif qildi
Get French Football News nashrining Soccer Link'ga tayanib xabar berishicha, 24 yoshli xavbek "qizil iblislar" va "Everton" bilan muzokara o‘tkazmoqda. Mankunianlar frantsiyalik futbolchiga yiliga 10 mln evro maoshni ko‘zda tutadigan shartnoma taklif qilishga ulgurgan. Jamoa shuningdek yana 5 mln evro bonus ham berishga tayyor. Biroq futbolchining o‘zi bu taklifga javob qaytarmagan.
Ma’lumot uchun, yakuniga etgan mavsumda Rabo klub futbolida jami 20 ta bahsda maydonga tushdi va 2 ta gol kiritib, yana shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. Yozda futbolchi erkin agentga aylanadi. Ilgariroq u PSJ bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan edi.



Fikrlar