MYu Qozog‘istonga gol urgan futbolchini oladigan bo‘ldi

  • 29 mart, 2021, 17:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyatiya 2022 yilgi jahon chempionati saralash turnirida Qozog‘iston terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan frantsiyalik hujumkor futbolchi Usmon Dembeleni transfer qilish masalasini yana kun tartibiga qaytardi.

Tecno

Dembele “Barselona” bilan kelasi yili yakunlanadigan shartnomani uzaytirishga shoshilayotgani yo‘q. Kataloniyaliklar yana o‘z darajasiga ko‘tarilib olgan 23 yoshli futbolchini uzoq muddatga olib qolmoqchi.

“Manchester Yunayted” ham anchadan beri Dembeleni kuzatib kelmoqda va “Barselona” rahbarlarini yozda futbolchini Angliyaga qo‘yib yuborishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

Agar Usmonning o‘zi Kataloniyada qolishga rozilik bermasa, Joan Laporta uni sotib yuborishga majbur bo‘ladi. Agar bu variant o‘xshamasa, manchesterliklar futbolchining erkin agentga aylanishi uchun bir yil kutishga ham rozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!