MYu "qariya futbolchi" bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 24 noyabr, 2020, 16:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik yarim himoyachi Xuan Mata keyingi mavsumda ham "Manchester Yunayted"da qolishi mumkin.

Tecno

Ispan matbuoti nashriga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati 32 yoshli futbolchi bilan 2019 yilda tuzilgan kelishuvni yana bir yilga uzaytirishmoqchi. Unda futbolchining hozirgi maoshi o‘zgarishsiz qoladi.

Oldinroq, Mata Saudiya Arabistoni klubining 20 million evroli maoshga ega shartnomasini rad etgani haqida xabar berilgan edi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi MYu safida 7 ta o‘yinda maydonga tushi, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!