MYu qadrlamagan Ruud van Nistelroy Angliyaning mashhur jamoasini qabul qilib oldi

  • 30 noyabr, 2024, 11:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoani  Ruben Amorimni tayinlaganidan keyin portugaliyalik mutaxassis yozdan beri bosh murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlab kelgan Ruud van Nistelroyni klubdan ketkazgan edi.

Tecno

Yaxshi mutaxassis ishsiz qolmaydi, deganlaridek, niderlandiyalik murabbiyga Angliya Premer-ligasining boshqa klubi – “Lester”dan ish topildi.

“Tulkilar” Ruud van Nistelroy bilan 2027 yilning yoziga davom etadigan shartnoma imzoladi. Tez orada u bosh murabbiy kursisini egallaydi.

- Men faxr va hayajondaman. “Lester” ajoyib tarixga, sodiq xodimlarga va zo‘r muxlislarga ega klub. Men o‘z yo‘limni shu jamoada boshlashdan baxtiyorman. Qo‘limdan kelganicha, borimni berib ishlayman, - dedi Ruud van Nistelroy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!