
MYu premer-liga rekordini takrorladi, "Sautgempton" esa antirekord o‘rnatdi
"Manchester Yunayted" APLning 22-turida "Sautgempton"ga hech qanday imkon qoldirmadi. Sulsher shogirdlari raqib darvozasiga javobsiz 9 ta gol urib, premer-liga rekordini takrorladi.
E’tiborlisi, bu boradagi avvalgi rekord ham "Yunayted"ning o‘ziga tegishli edi. Mankunianlar 1995 yilda "Ipsvich" klubini xuddi shunday hisobda mag‘lubiyatga uchratgan.
2019 yilning oktyabrida "Sautgempton" o‘z maydonida "Lester"dan 9 ta gol o‘tkazib yuborgan edi. Shu tariqa, Ralfa Xazenxyuttl jamoasi APLda o‘z maydonida ham, safarda ham bir o‘yinda 9 ta gol o‘tkazib yuborgan ilk jamoaga aylandi.
Fikrlar