
MYu “Portu” xavbekini sotib olish borasida muzokara boshladi
“Manchester Yunayted” yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda.
“Record” nashri xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" “Portu”ning 22 yoshli futbolchisi Viktor Vitinoni sotib olish borasida muzokara o‘tkazmoqda. Agar Manchester klubi xavbek uchun 40 million evrolik tovon pulini to‘lasa, mazkur transfer amalga oshadi. Sababi Portugaliya klubi Viktor bilan faqat shu summa evaziga xayrlashmoqchi ekanligini va xaridorlar bundan kam pul taklif qilsa, hech ikkilanmay rad etishini bildirgan.
Ayni damda MYu futbolchining narxini tushirish borasida muzokara olib bormoqda. Agar kelishuv ijobiy yakunlansa, futbolchi yaqin orada APLga ko‘chib o‘tishi mumkin.
2021/22 yilgi mavsumda yarim himoyachi “Portu” safida barcha turnirlar doirasidagi 47 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. Uning “ajdarlar” bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar