
MYu Pogba o‘rniga "Barselona"ning ikki futbolchisini ko‘zlamoqda
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoaning frantsiyalik yarim himoyachisi Pol Pogbaning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ta’kidlash kerakki, unga hozirda "Real" va "Yuventus" kabi grand klublardan jiddiy takliflar bor.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 26 yoshli Pogbaning o‘rniga 2 ta futbolchining nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Gap "Barselona"ning ikki futbolchisi – Ivan Rakitich va Filippe Koutinolar haqida ketmoqda.
Qayd etish lozimki, kataloniyaliklar xorvatiyalik futbolchini 40 millionga, braziliyalik futbolchini esa 90 million evroga baholashmoqda.
Fikrlar