
MYu o‘ylanib qoldi
“Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Kosta yozgi transferlar vaqtida klubni tark etishi kerak. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo uni rejalariga kiritmasligini ma’lum qilgan.
Bu futbolchiga ayni paytda “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Sulsher braziliyalik yarim himoyachisi jamoaning o‘yin uslubiga mosligini ta’kidlamoqda. Biroq, Kostaning jarohatlarga moyilligi mankunianlarni o‘ylantirmoqda.
29 yoshli vinger “Yuventus”da 2018 yildan buyon to‘p surmoqda. Uning shartnomasi yana ikki yildan so‘ng yakunlanadi. Uning transfer summasi 24 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar