
MYu o‘ng qanot himoyasida raqobatni oshirmoqchi
"Norvich" klubi himoyachisi Maks Aarons "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Transfer News Live tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, "qizil iblislar" jamoaning o‘ng qanot himoyasida raqobatni oshirish uchun aynan 20 yoshli Maksni sotib olmoqchi. Eslatib o‘tamiz, ayni damda ushbu pozitsiyada MYuda Aaron Uan-Bissaka va Timoti Fosu-Mensa harakat qilmoqda.
Aarons joriy mavsum “Norvich” safida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning klub bilan imzolagan shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 20 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar