
MYu Onanasiz qoladigan bo‘ldi!
Andre Onana Afrika kubogi uchun Kamerun terma jamoasiga chaqirildi.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" bu davrda zaxira darvozaboni Altay Bayindirga ishonadi.
Afrika kubogi 13 yanvarda boshlanadi, final 11 fevralda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Kamerun terma jamoasiga “Napoli”dan Andre-Frank Zambo-Anguissa, abxalik Karl Toko-Ekambi, “Beshiktosh”dan Vensan Abubakar va boshqalar ham chaqirilgan.
Fikrlar