MYu Onanaga qimmatbaho o‘rinbosar topdi

  • 12 aprel, 14:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brayton" darvozaboni Bart Verbruggen "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda "TodoFichajes" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Avvalroq "Manchester Yunayted" o‘zining asosiy darvozaboni Andre Onanani sotishga qaror qilgani haqida xabarlar chiqqan edi. Shu sababli, klub yangi golkiper transferi ustida ish boshlagan.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" 22 yoshli Verbruggenni asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Biroq uning transferi qiyin bo‘lishi mumkin, chunki "Brayton" darvozabonni 40 million evrodan kam narxga qo‘yib yubormoqchi emas.

Niderlandiyalik darvozabon joriy mavsumda barcha musobaqalar hisobiga 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

 Onana esa joriy mavsumda barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda ishtirok etib, 56 ta gol o‘tkazib yuborgan. Shunga qaramay, 10 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!