MYu nega "The Best" sovrindoridan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

  • 3 sentabr, 15:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinesning "Manchester Yunayted"ga amalga oshmay qolgan transferi sabablari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Tecno

Avvalroq, tomonlar transfer bo‘yicha kelishib olgani, ammo so‘nggi pallada "Manchester Yunayted" "Antverpen"dan 23 yoshli Senne Lammensni tanlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mirror nashrining ta’kidlashicha, "qizil iblislar" sport bloki 33 yoshli Martinesning yoshi va yiliga taxminan 12 million evro miqdoridagi yuqori maoshi tufayli uning xizmatlaridan voz kechishga qaror qilgan.

Argentinalik futbolchi 2020 yildan buyon "Aston Villa" sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu mavsumda u Premer-ligada bitta o‘yin o‘tkazib, bitta gol o‘tkazib yubordi. Ma’lumot o‘rnida Emiliano FIFA tomonidan 2024 yilning eng yaxshi darvozaboni sifatida topilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!