MYu Manjukich, Dembele va yana 4 futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 17 oktabr, 2019, 17:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" tarkibini jiddiy ravishda o‘zgartimoqchi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, MYu 6 ta futbolchini ko‘zlamoqda. 2 ta hujumchi, 2 ta markaziy yarim yarim himoyachi, 1 ta markaziy himoyachi va yana bitta chap qanot himoyachisini ko‘z ostiga olib qo‘ygan.

"Yuventus" forvardi Mario Manjukich, "Lion" hujumchisi Mussa Dembele faoliyatini ingliz klubida davom ettirishlari mumkin. "Qizil iblislar" markaziy yarim himoyani "Atletiko" a’zosi Saul Niges va "Lester" futbolchisi Jeyms Meddison bilan to‘ldirmoqchi.

Bundan tashqari, Sulsher chap qanot himoyada Eshli Yangni o‘rniga munosib nomzod va markaziy himoyada Viktor Lindelef o‘rniga ham yangi himoyachi xarid qilmoqchi.

Xabarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" ushbu o‘zgarishlarni qishgi transfer oynasidayoq amalga oshirishga kirishmoqchi. Ammo maqsadga erishilmasa-da, yozda bu ishga qo‘l urmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, MYu APLning 8-turidan so‘ng, 9 ochko bilan 12-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!