MYu Kuman ko‘zlagan yulduzni tortib oladi

  • 30 avgust, 2020, 12:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronald Kuman “Barselona”ni qabul qilishidan oldin klub rahbariyatidan “Ayaks” etakchisi Donni van de Bekning trasnferini so‘ragan edi.

Tecno

Biroq, kataloniyaliklarga bu futbolchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. “Borussiya”dan Jeydon Sanchoni ololmagan “Manchester Yunayted” uning o‘rniga aynan Donni van de Bekni olib kelishga jiddiy harakat qilmoqda.

Futbolchining o‘zi ham “Ayaks”ni tark etishga tayyor. Iste’dodli yarim himoyachi jamoasining “Ayntraxt”ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqli o‘yinida qatnashmadi. Kuzatuvchilar buni aynan transfer yaqinligi bilan izohlamoqda.

O‘tgan mavsumda 37 ta uchrashuvda 10 ta gol urib, 11 ta golli pas oshirgan Donni van de Bek “Barselona”dan ko‘ra, Angliya  premer-ligasida to‘p surishni ma’qul ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!