MYu katta savdoni boshladi

  • 8 sentabr, 2020, 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” joriy transfer mavsumi yakunlangunicha, to‘rtta  futbolchini sotib olish uchun kurashadi.

Tecno

Manchesterliklar uchun asosiy transfer nishoni hamon Jeydon Sancho bo‘lib qolaveradi. Sulsher 20 yoshli ingliz futbolchisini vataniga qaytarish fikridan  voz kechmadi va klubdan uni olib kelishni talab qilmoqda. Agar bu transfer o‘xshamasa, uning o‘rniga “Yuventus”ning braziliyalik legioneri Duglas Kosta, “Bornmut” yarim himoyachisi Devid Bruks va “Inter” vakili Ivan Perishichdan biri taklif etiladi.

Bundan tashqari, Sulsher chap qanot himoyachi uchun “Real”dan Serxio Regilon yoki Kievning  “Dinamo”sidan Vitaliy Mikolenkoni olib kelmoqchi.

Shuningdek, manchesterlik skautlar tarkibni to‘liq mustahkamlash uchun markaziy himoyachi va to‘purar hujumchi qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!