
MYu Irlandiya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi irlandiyalik yarim himoyachi Jeff Xendrikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Balls nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” 28 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Aytish kerakki, Xendrik ayni damda erkin agent hisoblanadi va shu bois u yangi jamoasiga mutlaqo tekinga borib qo‘shilishi mumkin.
Jeff faoliyati davomida “Derbi Kaunti” va “Byornli” klublarida to‘p surgan.
Fikrlar