
MYu "Inter"ga Lukakuning narxini e’lon qildi
Milanning "Inter" klubi hamon "Manchester Yunayted" bilan belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuning transferi masalasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
ESPN tarqatgan xabarga qaraganda “qizil iblislar” 26 yoshli futbolchini 85 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Qayd etish lozimki, MYu 2017 yil uni “Everton”dan deyarli 90 mln evro evaziga sotib olgan edi.
Lukakuni shaxsan “Inter”ning bo‘lajak bosh murabbiyi Antonio Konte jamoada ko‘rmoqchi.
Ma’lumot uchun, Lukaku o‘tgan mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar