
MYu hujumchisi "Roma"ning taklifini rad etdi
"Manchester Yunayted" klubi qanot hujumchisi Jeydon Sancho "Roma"ga o‘tishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda X ijtimoiy tarmog‘ida jurnalist Janluka Di Martsio.
Manbaga ko‘ra, Sancho rimliklarning shaxsiy shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilmagan. Shu sababli Italiya klubi futbolchi transferi bo‘yicha muzokaralardan chiqmoqda.
Sancho 2021 yilning yozidan beri "qizil iblislar" futbolchisi hisoblanadi. Bu vaqt ichida hujumchi barcha musobaqalarda 83 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 28 mln evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar