MYu himoyachisini "Barselona"ga sotishni xohlamadi

  • 26 iyun, 2019, 14:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelefni sotib olishga urunib ko‘rdi.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha “ko‘k-anor ranglilar” 24 yoshli shvetsiyalik futbolchining transferi borasida muzokaralarni olib borishgan. Biroq, “qizil iblislar” rahbariyati ushbu futbolchi sotilmasligini bildirishgan.

Gap shundaki, kataloniyaliklar Lindelefni “Yuventus”ga o‘tishi aytilayotgan “Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligtning o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rishayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Lindelef MYu safida 40ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!