MYu himoyachisi jarohati bilan o‘ynayotganini aytdi

  • 21 dekabr, 2020, 11:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelef jarohatiga qaramasdan, jamoaga yordam berayotgani haqida gapirdi.

“Jamoaning vazifasi – sovrin yutish. Bu masalada men unga yordam berishim kerak. Men shuning uchun futbol o‘ynayman. Agar men jamoaga kerak bo‘lsam, jarohatim bo‘lsa ham, eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishga  intilaman. Sog‘ligim bilan bog‘liq muammolar hali ham o‘sha-o‘sha. Uni har kuni davolashga urinaman, ammo o‘yin vaqtlari juda ham tig‘iz. Imkon qadar vaziyatni o‘nglashga va maydonga tushishga harakat qilaman”, - dedi Viktor.

Lindelef joriy mavsum MYuda 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!