
MYu himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Manchester Yunayted" Aaron Uan-Bissaka bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
"The Telegraph" nashri bergan xabarga ko‘ra, avgust oyida rahbariyat Uan-Bissakaga 2025 yildan so‘ng ham MYuda qolish imkonini beradigan uzoq muddatli yangi shartnoma taklif qilishni muhokama qilgan.
Erik ten Xag himoyachiga ishonadi. "Qizil iblislar" transfer oynasia yopilganidan so‘ng muzokaralarni davom ettirishga tayyor.
Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z yakuniga etadi.
Fikrlar