
MYu futbolchisining yozda PSJga o‘tishi aniq bo‘ldi
PSJ klubi "Manchester Yunayted" xavbeki Ander Errer bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar ayni damda 29 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan faqatgina shartnoma muddati masalasida muzokaralar o‘tkazishmoqda. Ular o‘zaro 4 yoki 5 yillik kelishuv imzolashlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Erreraning MYu bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli u PSJga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Errera joriy mavsum “Manchester Yunayted” tarkibida jami 26ta o‘yinda qatnashdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar