MYu futbolchisining taqdiri Sanchoga bog‘lanib qoldi
Angliya premer-ligasi debyutanti “Lids” bosh murabbiyi Marselo Belsa “Manchester Yunayted”dagi hamkasbi Sulsher bilan bir necha marta bog‘lanib, 22 yoshli yarim himoyachi Deniel Jeymsni berishni so‘ramoqda.
“Lids” uelslik futbolchini sotib olish huquqisiz bir yilga ijaraga olmoqchi.
Sulsher bu transferga qarshi emas. Lekin u Jeymsni “Borussiya”dan Jeydon Sancho olib kelinsagina qo‘yib yuborishini ma’lum qildi.
Marselo Belsa, Jeymsni qo‘lga kirita olmasa, “Norvich” vakili Todd Kantuellni taklif qilishni rejalashtirmoqda.



Fikrlar