MYu futbolchisini Rimda olib qolishmoqchi
“Roma” rahbariyati “Manchester Yunayted”dan ijaraga olingan himoyachi Kris Smollingni o‘z safida olib qolmoqchi.
Mankunianliklar esa 30 yoshli ingliz futbolchisi uchun Rim klubidan 25 mln evro talab qilmoqda. Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, A Seriya klubi MYudan ushbu mablag‘dan biroz chegirma qilib berishini so‘ramoqda.
Smolling joriy mavsum A Seriyada 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar