MYu futbolchisini "Milan" nishonga oldi

  • 31 oktabr, 18:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkze jamoasini o‘zgartishini maqsad qilgan. Bu haqda "Football24" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Zirkze o‘yin amaliyoti kam bo‘lganligi sababli MYuni tark etmoqchi. Hujumchi 2026 yilda bo‘ladigan mundial oldidan sport formasini tiklab olmoqchi. Ayni vaqtda niderlandiyalik futbolchiga "Milan" klubi qiziqish bildirmoqda. Rossaneriliklar Joshua bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Italiya klubi forvardni qishki transfer oynasida ijaraga olishni maqsad qilgan.

24 yoshli futbolchining hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 28 million evroni tashkil etadi. Uning "Qizil iblilsar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda MYu Zirkzeni "Bolonya"dan 42.5 million evroga sotib olgandi. Forvard shu davr mobaynida "Yunayted" safida jami 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!