MYu futbolchisi Turkiya klubiga ijaraga o‘tmoqchi

  • 11 sentabr, 16:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" himoyachisi Tirell Malasiya ijara asosida Turkiyaga ketish arafasida. 

O‘tgan hafta transfer oynasining oxirgi kunida Malasiya La Liga vakili "Elche"ga qo‘shila olmadi.

Turkiyada transfer oynasi esa Juma kuni yopiladi. Malasiya Turkiya Superligasi vakili "Eyupspor"ga bir mavsum uchun ijaraga o‘tmoqchi. 

Murabbiy Ruben Amorim uni mavsumoldi mashg‘ulotlaridan chetlatdi va Malasiya o‘ziga yangi klub topishga majbur bo‘ldi. 

 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!